Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 14 may kuni «Elektron tijoratni jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorini imzoladi. Uşbu hujjatga muvofiq 2018-2021 yillarda Özbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantiriş dasturi tasdiqlanadi.

Şunga qaramay, mamlakatda elektron tijoratning tölaqonli bozorini yaratişga, tovarlar (xizmatlar) işlab çiqaruvçi mahalliy korxonalarning taşqi bozorlarga çiqişiga tösiq bölayotgan qator muammo va kamçiliklar saqlanib qolmoqda. Xususan: 

Qarorda mamlakatda elektron tijoratning tölaqonli bozorini yaratişga, tovarlar (xizmatlar) işlab çiqaruvçi mahalliy korxonalarning taşqi bozorlarga çiqişiga tösiq bölayotgan qator muammo va kamçiliklar saqlanib qolayotgani ta'kidlab ötilgan.

birinçidan, elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solişning amaldagi tizimi soha taraqqiyotining jadal sur'atlardagi özgarişlariga mos kelmaydi va öz navbatida aholi keng qatlami va tadbirkorlik sub'yektlari uçun elektron tijoratdan foydalaniş imkonini ta'minlamaydi; 

ikkinçidan, mahalliy tadbirkorlik sub'yektlariga taşqi bozorlarda töliq raqobatlaşiş, şuningdek, xarajatlarni optimallaştiriş imkonini bermayotgan elektron tijorat orqali tovarlar (xizmatlar)ni eksport qilişning eskirgan byurokratik tösiqlari saqlanib qolmoqda; 

uçinçidan, elektron tijoratni rivojlantirişga yönaltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş jarayoni lozim darajada yölga qöyilmagan, bu esa iqtisodiyotni raqamlaştiriş va tadbirkorlik faoliyati rivojlanişining töxtab turişiga olib kelmoqda; 

törtinçidan, mahalliy tölov tizimlarining maşhur xorijiy analoglari bilan integratsiyasi yöqligi, mamlakat tadbirkorlik sub'yektlarining elektron tijorat sohasidagi yetakçi xorijiy taşkilotlar bilan töliq xalqaro hamkorlikda işlaşlariga, şuningdek, mahalliy bozorning eksport salohiyati va raqobatbardoşligiga ta'sir qilmoqda; 

beşinçidan, elektron tijorat imkoniyatlari va afzalliklarini, jumladan, tovarlar (xizmatlar) uçun, ayniqsa, joylarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni ommalaştiriş darajasi pastligiça qolmoqda, bu esa xufyona iqtisodiyot hajmining oşişiga va davlat byudjyetiga soliq tuşumlarining kamayişiga olib kelmoqda;