Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Indoneziya Respublikasi prezidenti Joko Vidodoga va döst Indoneziya xalqiga Surabaya şahrida sodir etilgan mudhiş terrorçilik harakatlari oqibatida köplab begunoh insonlarning nobud bölgani va oğir jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. 

TIV axborot xizmati xabarida aytilişiça, davlat rahbari öz maktubida qurbon bölganlarning oila a'zolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlarga esa qisqa muddatda soğayişlarini tiladi.
 
Avvalroq Indoneziyaning yirikligi böyiça 2-raqamli şahri Surabayadagi katolik çerkovlarda portlaşlar yuz bergani ma'lum qilingandi. Portlaşlar oqibatida 11 kişi halok bölib, 40 dan köproği jarohatlar olgan.