Jamiyat | 14:51 / 15.05.2018
4359
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zmilliybank SINOSURE bilan 400 mln. AQSh dollarlik hamkorlik kelishuvini imzoladi

Foto: O‘zmilliybank

2018 yil 15 may kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Xitoyning "SINOSURE" Eksport va kreditni sug‘urtalash korporatsiyasi o‘rtasida umumiy qiymati 400 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Mazkur kelishuv SINOSURE tomonidan Xitoyda yengil-sanoat, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, jumladan, meva va sabzavotlarni qayta ishlash kabi sohalar uchun Xitoyda ishlab chiqarilgan yuqori texnologik uskunalarni yetkazib berish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta qoplamalarini taqdim etishni nazarda tutadi.

SINOSURE mamlakatimizdagi Xitoy kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan, O‘zmilliybank orqali moliyalashtirilayotgan, loyihalarni sug‘urtalashda ko‘maklashadi.

SINOSURE sug‘urta qoplamasining mavjudligi, ushbu ta'minotlarni moliyalash uchun nafaqat Xitoy moliyalaviy tashkilotlarining, balki boshqa xorijiy banklarining mablag‘larini ham jalb kilishga imkon beradi. Bundan tashqari, bu kredit oluvchilar uchun foiz stavkalarini kamaytirishga imkonini beradi.

China Export & Credit Insurance Corporation (SINOSURE) – 2001 yilda tashkil etilgan Xitoy Xalq Respublikasining davlat sug‘urta kompaniyasi. Sinosure’ning maqsadi – eksport mahsulotlari va kreditlarini sug‘urtalash orqali Xitoy mahsulotlarini eksport qilish, shuningdek, Xitoy kompaniyalari xorijiy investitsiyalarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid