Atom energetikasi, jumladan, AES qurilişi bilan boğliq loyihalar aholi örtasida juda katta muhokamalarga sabab böladi, köplab savollarni keltirib çiqaradi. Jamoatçilik buni soha vakillarining sa'y-harakatlari va qöllab-quvvatlaşisiz qabul qilişi qiyin böladi. Bunday yönalişdagi loyihalarni amalga oşirişda işonçli asosni yaratiş juda muhim ahamiyatga ega. KUN.UZ muxbiri "Rosatom" boş direktorining birinçi örinbosari Kirill Komarovning Soçi şahrida bölib ötayotgan "Atomekspo-2018" forumi doirasidagi "Jamoatçilik fikri uyğunlaşuvi" muhokamalar doirasida aytgan sözlariga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

"Fikrimça, bugungi kunda turli mamlakatlarda jamoatçilik fikrini şakllantiruvçi, ular bilan işlovçi ekspertlarning bölişi juda muhim. Ular şu yönalişdagi loyihalarni amalga oşiriş va uzoq istiqbolli yadroviy infratuzilmani yölga qöyişdan avval jamoatçilikni bunga tayyorlaşadi.
Işonçim komilki, hozir biznes maqsadlari va ijtimoiy maqsadlar bir-biriga uzviy boğliq. Bugunga kelib biznesga gumanitar kontekstda qaralmoqda. "Atomekspo-2018" forumining asosiy mavzusi ham global hamkorlikka yönaltirilgan. Jamoatçilik bunday yönalişdagi loyihalarni qabul qilişi uçun ular bilan samarali hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş zarur", - deydi Komarov.
Şu örinda "Rosatom"ning qator mamlakatlar bilan bu borada olib borgan işlari misol tariqasida keltirildi. Mamlakatda yadroviy dasturni yölga qöyiş va yadroviy energetikani rivojlantiriş uçun aynan jamoatçilik fikri tösqinlik qilişi mumkin. Şu bois AES qurişdan oldin muayyan hududning jamoatçilik bilan işlovçi yetakçilari bilan uçraşiş va ular bilan şu masalalarni muhokama qiliş zarurligi ta'kidlandi.
Ta'kidlaş joizki, "Rosatom" dunyoning 18 mamlakatida öz axborot markazlarini işga tuşirgan.
"Biz AES qurilişi loyihasini boşlaşdan avval u yerda axborot markazi faoliyatini yölga qöyamiz, çunki odamlarni bundan xabardor qiliş zarur.
Oçiq ma'lumot bölmagan joyda aholini qörquv qamrab oladi, turli gap-sözlar tarqaladi. Jamoatçilikka murojaat qilişning eng yaxşi usuli - oçiqlik va şaffoflikni ta'minlaş, keng qamrovli kompleks axborot beriş. Şunda odamlar özlarini qiziqtirgan barça savollarga javob topa olişadi va ortiqça miş-mişlarga örin ham qolmaydi.
Aholi bilan qança oçiq bölsak, özimiz uçun şunça yaxşi. Jamoatçilik tomonidan qöllab-quvvatlaşni his qiliş uçun odamlarning real ehtiyojlarini inobatga oliş kerak. Şundagina biror loyihani amalga oşiriş uçun kerakli muhitni yaratiş mumkin. Birgalikda iş olib boriş uçun döstona munosabatlarni örnatiş juda muhim, bu har qanday muvaffaqiyatning muhim bir qismidir", - deya ta'kidlaydi mutaxassis.












