Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo kalitini röyxatga oliş va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini beriş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram-kanali xabar berdi.

Mazkur Reglament bilan Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo kalitini röyxatga oliş va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini beriş uçun tölovlari va davlat xizmatini körsatiş muddatlari qisqartirildi.

Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo kalitini röyxatga oliş va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini beriş kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarining öquvçilariga elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari bepul beriladi.

Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo kalitini röyxatga oliş va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini beriş davlat xizmatining muddati 3 iş soatidan 40 minutga qisqartirildi.

Bundan taşqari, murojaat etuvçilar Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo kalitini röyxatga oliş va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini beriş yuzasidan tuman (şahar) davlat xizmati markazlariga özi kelgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilişi mumkin.