Argentina terma jamoasi sobiq hujumçisi Diyego Maradona Brestning "Dinamo" klubi boşqaruv raisi böldi. 

"Afsonaviy futbolçi Diyego Armando Maradona klubimiz bilan 3 yillik şartnoma imzoladi hamda boşqaruv raisi lavozimiga kirişdi. Maradona klubni rivojlantiriş strategiyasi bilan şuğullanadi, şuningdek, yoşlar akademiyasi va klubning boşqa tuzilmalar bilan birga işlaydi. Diyego Rossiyadagi jahon çempionatidan söng öz lavozimiga kirişadi", – deyiladi klub matbuot-xizmati bergan xabarda. 

Brestning "Dinamo"si Belarus çempionatida 7-turdan söng 9 oçko bilan 8-poğonani band etib turibdi.