Özbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan Namangan viloyatida ötkazilayotgan “Kitobxonlik kunlari” doirasida Namangan şahridagi “Hidoya” örta maxsus islom bilim yurtiga diniy-ma'rifiy va badiiy adabiyotlar tuhfa qilindi. Bu haqda Özbekiston matbuot va axborot agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uçraşuvda prezident Şavkat Mirziyoyevning şu yil 2-3 maydagi Namangan viloyatiga taşrifi doirasida Işoqxon Ibrat yodgorlik majmuasida ziyolilar nuroniylar bilan suhbat çoğida Kosoniy, Ibrat kabi allomalarga munosib izdoşlar böliş uçun kitobga, bilimga mehr qöyiş lozimligi, kitobsiz, bilimsiz, ma'naviyatsiz taraqqiyotga erişib bölmasligi ta'kidlanganining mohiyati haqida söz yuritildi.

Foto: Özbekiston matbuot va axborot agentligi
Foto: Özbekiston matbuot va axborot agentligi
Foto: Özbekiston matbuot va axborot agentligi

Kuni keça 130 nafardan ziyod talaba bilim olayotgan “Hidoya” örta maxsus islom bilim yurti kutubxonasiga Özbekiston matbuot va axborot agentligi tizimidagi naşriyot-matbaa ijodiy uylarida naşr etilgan 100dan ziyod kitob sovğa qilindi.

Foto: Özbekiston matbuot va axborot agentligi
Foto: Özbekiston matbuot va axborot agentligi
Foto: Özbekiston matbuot va axborot agentligi

– Bilim yurtimizda diniy bilimlardan taşqari ma'naviyat asoslari, ona tili, buxgalteriya hisobi, informatika fanlari ham öqitiladi, – deydi bilim yurti mudiri Abdulaziz Bobomirzayev. – Özbekiston matbuot va axborot agentligi rahbar-xodimlarining bugungi muloqoti esa talabalarimiz uçun öziga xos ma'naviyat soati vazifasini ötadi. Şuningdek, agentlik tomonidan tuhfa etilgan kitoblar muassasamiz kutubxonasini yanada boyitdi va uzoq yillar mobaynida yoşlarning bu yerda olayotgan bilimini oşirişga xizmat qiladi.