Mudofaa vazirligi Ma'naviyat va ma'rifat markazida Toşkent harbiy okrugida xizmat qilayotgan harbiy xizmatçilar hamda ularning oila a'zolari iştirokida «Kitoblarda hayot aksi bor» nomli ijodiy uçraşuv ötkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.
Badiiy keçada Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a'zolari Botir Ergaşev hamda şoira Faroğat Xudoyqulova bugungi kunda naşrga tayyorlanib çop etilgan yangi adabiyotlar, ularning mazmun-mohiyati, kelgusida çop etilişi rejalaştirilayotgan asarlar, bugungi kitobxon va mutolaa san'ati töğrisida söz yuritişgan. Ular iştirokçilarni qiziqtirgan barça savollarga atrofliça javob beriş bilan bir qatorda özlarining ijod namunalari bilan yiğilganlarni bahramand qilişgan.
Tadbir davomida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a'zosi, tadbirga harbiy xizmatni ötagan yillaridagi harbiy libosda kegan şoir Mirzo Karimdan muxlislar allaqaçon barçani könglidan joy olib, qöşiqqa aylangan «Orangizda onam bölsaydi...» nomli şe'rini aytib berişini söraşdi. Şoir uşbu şe'rini muxlislariga öqib berdi.




«Axborot texnologiyalari şiddat bilan rivojlanib, barça sohalarda globallaşuv davom etsa-da, şuni işonç bilan aytiş mumkinki, har qanday kaşfiyot kitob mutolaasiga tösqinlik qila olmaydi. Aksinça, barça özgarişlarning tub mohiyatini anglab yetişga yordam beradi», – deydi podpolkovnik Tölqin Xalilov.











