Qozoğiston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev Ğarbiy Qozoğiston viloyatiga amalga oşirgan amaliy taşrifi çoğida Yoşlar va maktab öquvçilari saroyiga taşrif buyurdi. Bu yerda soğliqni saqlaş va ta'lim sohasidagi raqamlaştiriş böyiça loyihalar taqdim etildi.

Oqörda matbuot xizmati xabar berişiça, davlat rahbari viloyat yoşlari bilan uçraşgan. Ular prezidentga yoş mutaxassislarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan davlat dasturlarini amalga oşiriş jarayoni haqida sözlab berişdi.

Nazarboyev tez sur'atlar bilan rivojlanayotgan raqamli va axborot texnologiyalari şaroitida raqobatdoş yoşlarni şakllantiriş zarurligini ta'kidladi.

«Maktablar va universitetlar ilm-fan bilan şuğullanişga yönaltirilgan. Zamonaviy şaroitda inson butun hayoti davomida örganib borişi kerak. 5-6 yildan söng hozirgi köplab kasblar yöq bölib ketadi, buning örniga yangilari paydo böladi. Barça umidimiz yoşlardan, ular tez rivojlanayotgan dunyodan qanday qilib ortda qolmasligimiz kerakligi haqida doimiy ravişda öylaşi kerak», - dedi N.Nazarboyev. 

Foto: Oqörda matbuot xizmati

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozoğiston rahbari Nursulton Nazarboyev faol va iste'dodli yetakçi ekanini aytib, uning öz atrofida samarali, yoş va kuçli mutaxassislar yiğa oliş qobiliyatini ta'kidlab ötgandi.