«Shubhasiz, Nursulton Abishevichda meni xursand qilgan va hayratga solgan narsa shuki, u SSSR davridayoq yuksak mavqega erishganiga qaramay, doimo kelajakka intilgan odamdir. Bu ajoyib sifat», - dedi Putin Qozog‘iston prezidenti teleradiokompleksiga bergan intervyusida.
Shuningdek, Rossiya prezidentining ta'kidlashicha, Nazarboyev o‘z atrofiga kuchli odamlarni to‘plashdan qo‘rqmaydi. «Birinchidan, u o‘z atrofiga juda samarali va yosh odamlarni to‘play oladi, hamda hech qachon kuchli odamlarni o‘ziga yaqinlashtirishdan qo‘rqmaydi. Bu istalgan kuchli rahbarning o‘ziga xos xususiyati», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Rossiya prezidenti.
Putin, shuningdek, Nazarboyevni faol va iqtidorli rahbar deb atagan.











