Özbekistonda yetakçi onlayn e'lonlar servisi OLX.uz “Uy va Boğ” ruknida yangi “Oziq-ovqat mahsulotlari / Içimliklar” bölimini işga tuşirdi. Endilikda foydalanuvçilar har qanday qurilmadan töğridan-töğri yagona platformada turli işlab çiqaruvçilar va distribyutorlardan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilişlari mumkin.

Elektron savdo bozori butun dunyoda global tarzda rivojlanmoqda va Özbekiston ham mazkur yönalişning faol ösişini namoyon etmoqda. Odamlar internet orqali tobora köproq xarid qilişmoqda, çunki bu tez va qulay: onlaynda narxlarni soliştiriş hamda özi uçun hammasidan köra maqbul variantni tanlaş mumkin. Savdo maydonçalari şu ma'noda eng yaxşi vosita, çunki foydalanuvçilarning sörovlari böyiça takliflarning yaxlit bir spektrini taqdim etadi.
“OLX.uz Özbekistonda ecommerce’ning yetakçisi hisoblanadi – bugun servisda 350 mingdan ortiq e'lonlar joylaştirilgan. Foydalanuvçilar sotiş yoki zarur narsani tezda va ortiqça pul tölamasdan xarid qiliş uçun bizga kelişadi, şu boisdan biz har bir yönalişning rivojlanişi ustida işlaymiz. “Oziq-ovqat mahsulotlari/Içimliklar” bölimining paydo bölişi dökonma-dökon keziş vaqtini tejaydi – söraladigan tovarlar bir toifaga birlaştirilgan böladi. Biz OLX’da bölişni yanada qulay va şinam qilişga intilamiz”, - deya şarhlaydi OLX.uz boş direktori Doniyorbek Turğunov.
Yangi manzilda turli savdo markalarining oziq-ovqat mahsulotlari va içimliklari, hattoki supermarketlarda yöqlari ham taqdim etiladi. Xaridorlar katta assortimentga, sotuvçilar esa – yangi muqarrar mijozlarga ega bölişadi.
E'lonni istalgan qurilmadan: smartfondan, planşetdan yoki kompyuterdan çop etiş mumkin. Buning uçun tezda röyxatdan ötiş, “E'lon beriş” tugmasini bosiş va “Uy va Boğ” toifasida “Oziq-ovqat mahsulotlari/Içimliklar”ni tanlaş lozim. Çop etiş paytida albatta mahsulotning yaroqlilik muddatini körsating.
















