OLX Classifieds kompaniyasi onlayn reklama e’lonlari joylaştiriş xizmatlari bozorida ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida e’tirof etildi, deya xabar berdi Raqobat qömitasi.
«Qömita tomonidan ustun mavqega ega raqamli platforma operatori faoliyatida raqobat töğrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq, ustun mavqeini suiiste’mol qiliş holatlarini oldini oliş maqsadida majburiy tartibda Monopoliyaga qarşi komplayens tizimi joriy etiladi va tegişli tartibda monitoring ötkazib borilişi ma’lum qilinadi», deyiladi xabarda.
Ma’lumot uçun, Özbekistonda raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini va ustun muzokara kuçini e’tirof etiş tartibi 2024 yilda tasdiqlangan.
Unga köra, quyidagi şartlarning biriga rioya qilinganda hamda bevosita va bilvosita tarmoq samarasi mavjud bölganda raqamli platforma operatori ustun mavqega ega deb e’tirof etiladi:
— sönggi kalendar yildagi tuşumi BHMning 100 ming baravari (37,5 mlrd söm)ga teng yoki undan yuqori bölsa;
— faol yakuniy foydalanuvçilarining umumiy örtaça soni har oyda kamida 50 mingni yoki faol tadbirkor foydalanuvçilarning örtaça soni har oyda kamida 3 mingni taşkil etsa.
Ustun mavqega ega deb topilgan sub’yektlarga nisbatan ustun mavqeyini suiiste’mol qiliş deb malakalanadigan 20 ga yaqin taqiqlar joriy etiladi.

















