Vaşingtonda AQŞ-Özbekiston rahbarlari uçraşuvi oldidan keçgan davra suhbatlaridan birida Oliy Majlis a'zosi, Senat raisi örinbosari Sodiq Safoyev islohotlarga urğu berib, mamlakatga yangi parlament kerak, dedi.

Safoyev «Amerika Ovozi» dan tuşgan savolga javob berayotgan edi. Özbekistonda qabul qilingan islohotlar dasturiga köra, parlament butun tizim ustidan demokratik nazorat örnatişi kerak. Hukumat organlari qonun ijodkorlar, ya'ni xalq saylagan vakillari oldida hisobot berib turişi, savolga tutilişi lozim.

Mana şu maqsadga erişiş qanday qadamlar talab etadi va Oliy Majlis bu borada qanday harakat qilmoqda?

“Avvalo, tan oliş kerak, bugun parlamentimiz oldingi yillarga qaraganda ança boşqaça işlaydi. Bugun vazirlar, ularning örinbosari, Boş vazir örinbosarlari, davlat idoralarining rahbarlari qonunçilar oldida hisobot bera boşlagan, qizğin savol-javoblar bölyapti. Murakkab mavzular yuzasidan savollarga javob talab qilinadi, masalan qiynoqlar, majburiy mehnat... Jarayon özgargan. Bugun parlamentimiz ijroiya organi ustidan nazorat örnata boşlagan”, deydi Safoyev.

Uningça, ikki vazifa hammaga ayon. Birinçidan, bunday nazorat mahalliy tizimlar tomonidan ham örnatilişi kerak, ya'ni ijroiya organlari turli qatlamlarda vakillar oldida javob berişni örganişi lozim. Viloyat va tuman hokimlari, har qanday tizimning rahbari kengaşlarga hisobot berişi kerak.

“Ikkinçidan, balki bu ayrim qonunçilarimizga yoqmas, lekin bizga yangi parlament kerak. Kelasi saylovlar natijasida bunga erişamiz degan fikrdaman. Yangi avlod kirib keladi, xususan huquqşunos va iqtisod böyiça mutaxassislar. Ular hozirgi qonunçilarga qaraganda iqtidorliroq, siyosiy va intellektual jihatdan ötkirroq odamlar böladi. Parlament yangilanişi, yangiça işlay boşlaşi uçun bu nihoyatda muhim. Saylovlar kelasi yil va umid qilamanki, öşanda özgarişlar böladi va Oliy Majlis yangilanadi“.

Özbekistonning AQŞdagi elçisi Javlon Vahobov deydiki, hukumat özgarişlar haqida maqtanmoqçi emas, aksinça bu jarayon naqadar murakkab va sinovlarga boy ekanini tuşunib, masalalarni keng muhokama qilib, yeçimlar va yangi yöllar qidirmoqda.