AQŞ Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boşqarmasi olimlari taşvişli bayonot berişdi – havo namunalari şuni körsatmoqdaki, jahondagi qaysidir davlat atmosferaga taqiqlangan moddani çiqarib, Monreal bayonnomasini buzmoqda. Gap 1930-yillarda eski muzlatiş uskunalarida xladagent sifatida qöllangan tixlorftormetan (CFC-11) haqida ketyapti.
Olimlar xlorftoruglerodlarning ozon molekulalariga buzuvçi ta'sirini aniqlaşgaç, jahonda CFC-11 işlab çiqariş 1987 yilgi Monreal bayonnomasi bilan taqiqlandi.
Gavayi orollari yaqinidan olingan havo namunalari şuni körsatdikki, ayni vaqtda CFC-11 ziçligining barqaror pasayişi töxtagan va 2012 yilgi körsatkiçlarga nisbatan 50 foizga sekinlaşgan. Şu bilan birga, olimlarning taxminiça, bunga eski muzlatiş uskunalari qayta işlanmagani ham sabab bölişi mumkin. «Katta ehtimol bilan, kimdir CFC-11’ni işlab çiqarmoqda, u atmosferaga çiqarilmoqda, - deya iş muallifi Stiven Monttska Nature naşrida vaziyatga aniqlik kiritgan. – Biz ular buni nega va nima maqsadda qilayotganini bilmaymiz – bu qandaydir kimyoviy jarayonning mahsuli bölişi mumkin». Olimlarning sözlariga köra, hozirça ifloslaniş manbasi qayerda ekanini aniqlaş muşkul, biroq havo oqimlari tahlili Şarqiy Osiyo mintaqasini körsatmoqda.












