OPeKning Boş kotibi Muhammad Sanusi Barkindo 16 may kuni Toşkentda ötkazilgan xalqaro anjuman oçilişida «mintaqada Özbekiston, va butun dunyoda neftni işlab çiqaruvçi davlatlarning soni ösib borayotgani - bozor va tarmoq oldida turgan muammolarga majmuaviy va birgalikda yondaşuv» zaruriyatini paydo qilişi haqida gapirdi.

«2014 yil avgust oyidan to 2016 yil oxirigaça davom etgan neft bozoridagi iqtisodiy tuşiş jahon hamjamiyati, neft işlab çiqaruvçi davlatlarni yakdil bir qarorga kelişga undadi. Ötgan davr içida narx-navoning keskin tuşişi va davlatlarning import salohiyati pasayib borganini kuzatdik», deydi Muhammad Sanusi Barkindo.
OPeKning Boş kotibi «2017 yil noyabr oyida OPeK a'zo davlatlar hamda neft işlab çiqaruvçi 11ta davlat imzolagan «Hamkorlik deklaratsiyasi» böyiça Özbekiston xalqaro munosabatlarda munosib öringa ega» bölgani haqida gapirib ötdi.
«Hamkorlikda olib borilayotgan işlar neft bozorida öz natijasini körsatmoqda. Bunda deklaratsiyani imzolagan 24ta davlat, xususan Özbekistonning hissasi katta», deydi u.

Ma'lumot uçun, OPeK rasmiy vakili jahon iqtisodiyotida YaIM joriy yilda ham 2017 yilda kuzatilganidek, 3.8 foiz ösiş körsatkiçiga ega bölişini ta'kidladi. Şunga qaramay, yevro hududda iqtisodiy ösiş sur'atida 0.3 foiz, Yaponiyada 0.2 foiz, Xitoyda 0.4 foiz tuşiş bölişi mumkinligi ta'kidlanadi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi şaf'yeligida va «Özbekneftgaz» AJ kömagida taşkil etilgan «Jahon iqtisodiyotiga integratsiyalaşuv - Özbekiston neftgaz tarmoği rivojining yangi yönalişi» mavzusidagi xalqaro anjuman 17 may kuni ham davom etadi.
Unda 23ta davlatdan 400 nafardan ortiq delegat iştirok etişi nazarda tutilmoqda. Anjuman Oil&Gas Uzbekistan 22-xalqaro anjumani doirasida taşkil etilgan.











