AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uyga Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar töplamini tayyorlaş haqida topşiriq berdi. Bu RF örta va kiçik masofalardagi raketalarni yöq qiliş töğrisidagi bitimni buzgani tufayli yuz berdi. Uşbu hujjat Oq uy saytida e'lon qilingan.
Topşiriqda aytilişiça, davlat kotibi Mayk Pompeo moliya, mudofaa, savdo vazirlari hamda milliy razvedka direktori bilan birgalikda 2018 yilga möljallangan harbiy byudjyet töğrisidagi qonunning «S» 1244-bölimida yozib qöyilgan talablarni bajarişi kerak. U «Rossiyaga qarşi qöşimça sanksiyalarni joriy qiliş rejalari böyiça hisobot» deb nomlangan. Uşbu hujjatni Trampning özi tuzişi kerak, biroq u öz vakolatlarini vazirlarga berişga qaror qildi.
Şuningdek, 1244-bölimda aytilişiça, prezident hisobotni tayyorlaşi va kongressga kiritişi kerak, unda Rossiya örta va kiçik masofalarga möljallangan raketalarni yöq qiliş böyiça bitimga rioya etmagani tufayli aniq şaxslarga nisbatan çoralar joriy etiş böyiça rejalar belgilab qöyiladi. Hujjatga köra, sanksiyalar şunday şaxslarga joriy etilişi mumkinki, bunda aynan ularning buyruqlari örta va kiçik masofalarga möljallangan raketalarni yöq qiliş böyiça bitim bajarilmasligiga sabab bölgan bölişi kerak. Şuningdek, Rossiya hukumati a'zolari ham sanksiyalarga töqnaş kelişi mumkin.
Hisobotda sanksiyalar joriy etiladigan şaxslar röyxati taqdim etilişi lozim. Ehtimoliy çoralar orasida AQŞda aktivlarni bloklab qöyiş, mamlakatga kirişni taqiqlaş, şuningdek, prezident tomonidan işlab çiqiladigan boşqa istalgan sanksiyalar bor.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ va Rossiya Arktikada «harbiy raqobatga» kirişişi mumkin ekani xabar qilingandi.












