Cambridge Analytica bankrot bo‘lganini ma'lum qildi
Britaniyaning Cambridge Analytica tahlil kompaniyasi Nyu-Yorkda bankrot bo‘lgani haqida ma'lum qildi. U Facebook ijtimoiy tarmog‘ining o‘n millionlab foydalanuvchilari ma'lumotlarini noqonuniy ravishda qo‘lga kiritgandi, deb xabar qilmoqda Bloomberg.
Ta'kidlanishicha, kompaniya AQShda o‘z faoliyatini yakunlashi haqidagi ma'lumotni tasdiqlab bo‘lgan. Bundan tashqari, may oyi boshida kompaniya Birlashgan Qirollik hududida bankrotlik jarayonini boshladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Adliya vazirligi va Federal qidiruvlar byurosi (FQB) Cambridge Analytica kompaniyasi faoliyatini tekshiruvdan o‘tkazayotgani xabar berilgandi. Mahkama vakillari kompaniya va u bilan aloqador bo‘lgan banklarning sobiq xodimlarini so‘roq qilyapti.
Mavzuga oid
19:42 / 22.10.2024
Facebook va Instagram mashhur insonlardan foydalanilgan reklama firibgarligiga qarshi kurashadi
13:53 / 22.10.2024
Meta bepul ovqatlanish kuponlariga maishiy buyumlar xarid qilgan xodimlarni ishdan bo‘shatdi
23:24 / 12.10.2024
Meta Moldovadagi prezidentlik saylovlari oldidan feyk akkauntlarni o‘chirib tashladi
19:21 / 04.10.2024