Janluidji Buffon matbuot anjumani ötkazib, «Yuventus»dan ketayotgani haqida rasman ma'lum qildi.

«Şanba kuni men «Yuventus» safida oxirgi öyinimni ötkazaman. Hozir bu ajoyib sarguzaştlarni yakunlaşning ayni vaqti.
Men futbolçi sifatida faoliyatimni davom ettiriş uçun ham, boşqa işda ham bir qança takliflar oldim. Keyingi haftada yakuniy qarorimni hamma bilib oladi.
Hozir esa kelajagim borasida turli başoratlarga örin yöq», – deya qayd etgan Buffon.
Bundan oldinroq Buffonga «Liverpul»dan taklif borligi töğrisida xabar berilgandi.











