Rossiya Razvedka xizmatining sobiq xodimi Sergey Skripal Angliya janubidagi Solsberi şahri şifoxonasidan çiqarildi.

«Fantastik yangilik, Sergey Skripal Solsberidagi şifoxonani tark etiş uçun yetarli darajada özini yaxşi his qilmoqda», — deya şifoxona boş şifokori Kari Çarlz-Barksning sözlarini keltirgan Reuters agentligi.

2006 yili Rossiya tomonidan Buyuk Britaniya foydasiga josuslik qilişda ayblanib qamalgan, 2011 yili mahbuslar almaşinuvi doirasida Buyuk Britaniyaga köçib ötgan Sergey Skripal va uning qizi Yuliya Skripal Solsberi şahrida 4 mart kuni behuş holda topilgandi. Buyuk Britaniya hukumati Rossiya tomonini Skripalni «Noviçok» nomli asab tizimini falajlovçi gaz bilan zaharlaşda ayblagan. Moskva tomoni barça ayblovlarni rad etib kelmoqda.

Yuliya Skripal 9 aprel kuni şifoxonadan çiqqandi.