Toşkent şahar hokimligi deyarli yuz kişidan iborat Jamoatçilik kengaşini ta'sis etdi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabarida aytiladi.
Qayd etilişiça, kengaş jamoasi (a'zolari va ekspertlar) nafaqat işlab çiqaradi, balki ilğor ğoyalarni amalga ham oşiradi.
Kengaş a'zoligi, eksperti uçun tanlov oçiq holatda bölib, xohlovçi barça hamşaharlarimiz öz nomzodlarini taqdim etişi mumkin. Jamoatçilik kengaşining taqdimnomalar asosida şakllantirilgan röyxati Toşkent şahar hokimining qarori bilan tasdiqlanadi. Jamoatçilik kengaşiga 25 nafargaça a'zo tanlab olinadi. Şuningdek, yana 75 kişi ekspert va köngilli ravişda kengaş işlarida iştirok etişi mumkin.
Jamoatçilik kengaşi a'zoligiga qöyiladigan talablar:
• Jamoatçilik asosida işlaş;
• Ma'lum soha böyiça çuqur bilimga ega böliş (soha yönalişlari quyida e'lon qilinadi) va qöşimça tarzda taklif etilgan ğoyalarning amalga oşirilişi uçun mas'uliyatni öz zimmasiga oliş;
• Kuniga kamida 2 soatni Jamoatçilik kengaşi a'zosi vazifasini bajarişga ajratiş (jismoniy va onlayn tarzda);
• Kengaşda işlaş uçun tajriba va qobiliyat hamda maxsus bilim, vaqt, xalqaro tajriba, moddiy va ma'naviy qöllab-quvvatlaş şaklida könikmalar şuningdek, resurslar şahar tubdan rivojlantiriş loyihaviy boşqaruviga oid könikma va şahar uçun taşabbuslar amalga oşiriş salohiyatiga ega böliş (özingizga maqbullarining tagiga çizib qöying);
• Tematik qömitaga rahbarlik qilişga tayyorgarlik darajasi;
• A'zolikka tanlov davomida boy tajribaga hamda turli yoş guruhlar va faoliyat sohalari bölgan kişilarga e'tibor qaratiladi. Har bir nomzod, albatta, ğayratli, malakali va fidoyi bölişi kerak.
Saylov jarayoni:
• Ariza 2018 yil 1 iyungaça topşirilişi kerak;
• Ma'lumotlar 7 iyun 2018 yilgaça umumlaştiriladi va Jamoatçilik kengaşi tarkibi haqida qaror qabul qilinadi;
• Jamoatçilik kengaşi va uning tarkibini tasdiqlaş töğrisida şahar hokimining qarori qabul qilinadi. Ma'lumotlar Toşkent şahar hokimligi veb-saytiga joylaştiriladi;
• Kengaş a'zolari va ekspertlar axloq kodeksini va Jamoatçilik Kengaşi qarorini öqib çiqişlari va imzolaşlari kerak.

















