Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ugom-Çotqol davlat biosfera rezervatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatda bildirilişiça, Toşkent viloyatining Böstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari hududlarining bir qismida buyurtma qöriqxona taşkil etilganligi va u doimiy foydalaniş huquqi bilan “Özbekiston temir yöllari” AJga berilgan.
Toşkent viloyatining Böstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari hududlarining bir qismida buyurtma qöriqxona negizida umumiy maydoni 42952,81 gektar bölgan Ugom-Çotqol davlat biosfera rezervati taşkil etiladi.
Belgilab qöyilişiça:
biosfera rezervati “Özbekiston temir yöllari” AJ yurituvida böladi;
biosfera rezervatining qöriqlaş xodimlari tegişli huquqlar va imtiyozlar berilgan holda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş böyiça davlat inspektorlariga tenglaştiriladi.
“Özbekiston temir yöllari” AJga berilayotgan biosfera rezervatiga faoliyatni moliyalaştiriş manbalari, şu jumladan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan moliyalaştirişning boşqa manbalari, muhofaza etiladigan hududlarga beriladigan imtiyozlar va pereferentsiyalar saqlanib qoladi.
“Özbekiston temir yöllari” AJ:
Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda biosfera rezervati hududini zonalarga bölsin, har bir zonaning (qöriqxonaga aylantirilgan zona, oraliq zona, ötiş zonasi) çegaralarini batafsil tavsiflaydi;
Ugom-Çotqol davlat biosfera rezervati töğrisidagi nizom loyihasini bir oy muddatda tasdiqlaş uçun Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
biosfera rezervatidan samarali foydalanilişini, tabiiy obektlar va majmualarni saqlaş, qayta tiklaş va tiklaş çora-tadbirlari amalga oşirilişini ta'minlaydi.












