Şveytsariyalik rassomlar va Null Stern Hotel mehmonxonasi yaratuvçilarining ta'kidlaşiça, Alp toğlarining çiroyini his qiliş uçun u bilan yolğizlikda qoliş lozim. Ular şu maqsadda mijozlarga plitkalar bilan qoplangan kiçik maydonça, unda örnatilgan ikki kişilik karavot va ikkita tumboçkadan iborat yagona “xona”li mehmonxonani taklif qilişmoqda.

Mehmonxonaning şiorida ta'kidlanişiça, undagi yagona “yulduz” mahalliy aholi tomonidan xizmat körsatiluvçi mehmon hisoblanadi.
Uşbu antiqa mehmonxonada tunni ötkaziş uçun oldindan navbatga yoziliş va 295 şveysar franki (295 dollar atrofida) tölaş kerak böladi.











