Italiyalik afconaviy darvozabon Janluiji Buffon "Yuventus"ni tark etmoqda. Turindagi 17 yillik davrida u juda köp şaxsiy va jamoaviy sovrinlarni qölga kiritdi, 11 marotaba Italiya çempioni, 4 marotaba kubok sohibi böldi, uç marta YeÇL finalida öynadi, (IFFHS uni 21-asrning birinçi ön yilligining eng yaxşi darvozaboni deb e'tirof etdi. Va yana u Italiya V Seriyasida ham "Yuventus" bilan iştirok etdi. Jahon çempioni bölgan darvozabon Turin jamoasi jazo sifatida qöyi ligaga tuşirib yuborilganda juda köp takliflarni rad etib, jamoasi bilan qolişni afzal bildi. Haqiqiy professional. 

Aslida Buffon "Parma" klubi tarbiyalanuvçisi hisoblanadi. U 2001 yilda, 31 yoşida "Yuventus"ga ketdi. Turinliklar u uçun tölagan pul öşa davr uçun rekord edi - 34 million yevro. To ötgan yili "Mançester Siti" Ederson uçun köproq tölamagunça, Buffon dunyoning eng qimmat darvozaboni bölib turgandi.  

Foto: Getty Images

Bugun Buffonning "Yuventus" tarkibidagi sönggi uçraşuvi bölib ötadi. Navbatdagi mavsumda ham mamlakat çempioni bölgan turinliklar öz maydonlarida "Verona"ni qabul qiladilar. Mana şu öyindan keyin u faoliyatini yakunlaş yoki boşqa jamoada davom ettiriş borasida öz qarorini aytadi. 

Payşanba kuni Janluiji Buffonning xayrlaşuv matbuot anjumani taşkil qilindi. 

Foto: Juventus F.C.

"Men "Yuventus"dan ketaman, şanba kuni mening klubdagi sönggi uçraşuvim bölib ötadi" - dedi u, - "bu yerdagi sarguzaştim ikki sovrin bilan nihoyasiga yetadi. Men bu yerda öynaganim va jamoa uçun bor kuçimni sarf qilganimdan baxtiyorman".

Avvalroq, ommaviy axborot vositalari şu kuni 40 yoşli darvozabon faoliyatini yakunlaganini aytişini taxmin qilgandilar. Ammo bu qaror biroz ortga surildi. Hozirda Buffon uçun qiziqarli takliflar bor, şuningdek, "Yuventus"ning özi klub boşqaruvida lavozim taklif etmoqda.  Janluiji agar faoliyatini davom ettiradigan bölsa, Italiyadan taşqarida bölişi haqida aytdi. 

"15 kun oldin men yakunlaşimga amin edim. Ammo hozirda bir qança qiziq takliflarga egaman. Ba'zilari futbolçi sifatida qiziqiş bildirişgan, ba'zi takliflar esa, maydondan taşqaridagi faoliyat bilan boğliq. Kelasi hafta yakuniy qarorimni oşkor qilaman" - dedi darvozabon. 

U agar futbolni tark etsa, menejyerlik yoki murabbiylikni örgatadigan maxsus kurslarga qatnaşni rejalaştiryapti. Klub prezidenti Andrea Anelli ham Buffonni qöllab quvvatladi va uning har qanday qarori klubda xayrixohlik bilan qabul qilinişini aytdi.