“Huquq axborot” kanali davlat çegarasidan ötkaziş punktlarida taqiqlanadigan narsalar haqida xabar berdi.

Unga köra, quyidagilar taqiqlanadi:

çegara nazorati bölinmasi rahbarining ruxsatisiz foto va video suratga oliş;

davlat nazorati organlarining nazorat tartib-taomillarini taşkil etişiga xalaqit bersa, mobil va boşqa aloqa vositalardan foydalaniş;

davlat nazorati organlari xodimlarini nazorat tartib-taomillarini amalga oşiriş böyiça belgilangan tartibni buzişga majbur qiladigan harakatlarni sodir etiş, şu jumladan ularga biron-bir moddiy qimmatliklar taklif etiş;

ötkaziş punkti hududiga yoki uning xizmat xonalariga belgilangan tartibni buzgan holda kiriş;

ötkaziş punkti hududiga tegişli ruxsatlarsiz qurol-yaroğ, portlovçi moddalar va atrofdagilar hayoti yoki salomatligiga xavf tuğdiradigan boşqa predmetlar (moddalar) olib kiriş (olib ötiş).

Eslatib ötamiz, avvalroq özbek va qirğiz çegaraçilari çegarada nizoli vaziyatlarga yöl qöymaslik böyiça çoralarni körib çiqişgani xabar berilgandi.