Oq uy – Xalq hokimiyati markazi

Vaşington. Pensilvaniya-avenyu, 1600. Salobatli Oq uy.

Foto: Depositphotos

218 yillik tarixida qançadan qança nufuzli şaxslar, davlat rahbarlari, buyuk siyosatçilar bu qarorgohda qabul qilindi. Uşbu bino buyuk tarixning qançadan qança olamşumul, jahon ahamiyatiga ega voqealar va uning sokinligi ostida qabul qilingan qarorlarning guvohi bölgan. 

Bu qarorgoh Amerika prezidentlarining ham uyi, ham iş joyi hisoblanadi. Hayotida buyuk özgarişlarni kaşf qilaman deb olis yurtdan kelib, bu zaminda makon topgan odamlar uçun Oq uyning ma'no va ahamiyati bebaho.

Dastlab Amerika asos topgandan keyin uning buyuk otalari Jon Adams, Jyefferson, Linkoln, Franklin bu yerda xalq hokimiyatini barpo etiş va joriy etişda qançadan qança tunlarni bedor ötkazganlar. Xalq demokratiyasining markazi. Balki şu sabab, Oq uyni oldiga kelganingizda bu xalqçil muhitni his etarsiz.

Mahobatli bino va körkam hududni unça katta bölmagan panjaralar örab turadi. Istagan odam kelib suratga tuşişi mumkin. Heç kim xalaqit bermaydi.

Nimaga Donald Tramp Şavkat Mirziyoyevga bunday lutf körsatdi?!

Bugungi kun siyosatçilarini va Amerika-Özbekiston örtasidagi munosabatlarni kuzatib boruvçi ekspertlarni bu savol juda ham qiziqtirmoqda:  Nimaga olis Özbekistonning prezidentiga Amerikaning 45-prezidenti Donald Tramp juda ham yuksak hurmat körsatdi.

Bu savol xalqimizni ham qiziqtirayotgani tabiiy. Ijtimoiy tarmoqlarda ham bu mavzu qaynoq muhokama qilindi. Xorijlik jurnalistlar-ku bu singari savollarni yoğdirib, odamni qiynab yubordi. Ularning aytişiça,  Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi davlatlarining 27 yillik tarixida, unga a'zo mamlakatlarning birorta rahbari bunday mavqeda, rasmiy taşrif maqomida, bunday e'tibor bilan Amerikada kutib olinmagan ekan. Özbekiston prezidenti Ş.Mirziyoyev esa qisqa muddatda bu e'tiborni qölga kiritdi. Donald Trampning gaplaridan ayon böldiki, u Özbekiston töğrisida yuzaki ma'lumotlarga va bilimga ega emas. U ham Özbekistondagi özgarişlarni diqqat bilan kuzatmoqda. Donald Trampning Şavkat Mirziyoyevni hurmat qilişi boisi Özbekiston prezidenti öz xalqini hurmat qilişi, fuqarolari uçun jon kuydirişidir. Trampning ta'zim qilişi boisi Mirziyoyev xalqiga ta'zim qilmoqda. Xalq bilan muloqot, davlat idoralarini xalq xizmati uçun işlatiş Amerikada ham muhim hisoblanadi. Çunki, Amerika demokratiya qadriyatlarini 242 yildan beri boş qadriyat sifatida tan oladi. Qariyb 2,5 asrdan beri xalqqa yaqin böliş, xalq muammolarini hal qiliş Amerika davlatining siyosiy tuzumiga aylanib bölgan. Özbekistondagi sönggi 20 oyda davlat tizimining xalq tomon yuzlanişi, xalqning muammolarini hal qilişi özbek demokratiyasining şakllanişida aynan Mirziyoyev mehnatining e'tirofidir.