Ilon Mask va The Boring Company kompaniyasining direktori Stiv Devis, Los-Anjyelesda şaharning metropoliteni bilan birgalikda qurilişi rejalaştirilgan Loop tezyurar yer osti magistral yöllari loyihasi haqida sözlab berdi. Tadbirkorlarning sözlariga köra, işlanma kişilarga şahar markazi va aeroport örtasidagi masofani sakkiz daqiqa içida bosib ötiş imkonini beradi. Va bu deyarli bepul amalga oşadi.

Loop deb nomlangan bitta kapsula 16 kişini öziga qabul qilişi mumkin. Bir marta safar qiliş narxi bir dollarga teng. Bu avtobus çiptasidan ham arzon. Sinovlarda kapsulalar soatiga bir neça yuz kilometrga tezlaşa oldi. Liniya işga tuşirilganda, kapsulalarning örtaça tezligi soatiga 240 kilometr böladi. Los-Anjyeles metropoliteni Maskning kompaniyasi bilan hamkorlik tafsilotlarini tez orada oşkor etişga va'da berdi.

Hozirgi vaqtda The Boring Company Los-Anjyeles ostidagi birinçi tunnel qurilişini muvofiqlaştirmoqda. Loyiha şahar böylab 60 millik Loop tunnel tarmoğining qurilişiga qöyilgan birinçi qadam böladi. Stiv Devisning aytişiça, Los-Anjyelesdan San-Frantsiskogaça tunnel bir neça hafta içida qurilişi mumkin.

Los-Anjyelesdagi sinagogada bölib ötgan loyihaning taqdimotiga Mask 25 daqiqaga keçikib kelib, bunga tirbandlik sabab bölganini istehzo bilan aytdi. Taqdimot çoğida u nega uçar maşinalar tirbandlik muammosini hal qiliş uçun mos emasligini aytib ötdi. Tunnellar, uning fikriga köra, yölovçilar uçun uçar avtomobillarga qaraganda kamroq stressli transport, ammo xuddi ular kabi «quvnoqdir».