Vazirlar Mahkamasining 7.05.2018 yildagi 341-son qarori bilan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat iştirokidagi taşkilotlarda jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş tartibi töğrisida namunaviy nizom tasdiqlangan.
Eslatib ötamiz, ötgan yilning kuzida «Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida»gi Qonunning yangi tahriri kuçga kirdi.
Norma’ning yozişiça, namunaviy nizomning avvalgi tahriri öz kuçini yöqotdi. Biroq murojaatlarni körib çiqiş tartibi va muddatlari özgarmay qoldi, şu bois asosiy taomilni takror eslatişga hojat yöq. Bunda yangiliklar ançagina, şu sababli eng muhimlari körib çiqiladi.
1. Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaat etiş huquqlari kafolatlari töğrisidagi yangi bob kiritildi. Murojaat etiş huquqidan foydalanilayotganda jismoniy şaxsning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib çiqişi, e'tiqodi, şaxsiy va ijtimoiy mavqeiga, şuningdek yuridik şaxslarning mulk şakli, joylaşgan yeri (poçta manzili), taşkiliy-huquqiy şakllariga va boşqa holatlariga qarab kamsitişga yöl qöyilmasligi joriy etildi.
Jismoniy şaxsni, uning vakilini, ularning oila a'zolarini, yuridik şaxsni, uning vakilini va yuridik şaxs vakilining oila a'zolarini ular öz huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini röyobga çiqariş yoki himoya qiliş maqsadida davlat organlariga, taşkilotlarga va ularning mansabdor şaxslariga murojaat etganligi, şuningdek murojaatlarda öz fikrini bildirganligi va tanqid qilganligi munosabati bilan ta'qib etiş man etiladi
2. Alohida bobda murojaatlarni videokonferentsaloqa vositasida qabul qiliş nazarda tutilgan. Ular oldindan tasdiqlangan murojaatlarni qabul qiliş jadvali orqali beriladi. Buning uçun murojaat etuvçi videokonferentsaloqa örnatilgan tegişli davlat organi, taşkilotiga belgilangan şakldagi talabnoma yöllaydi. Ariza elektron şaklda berilişi mumkin. Vakillar orqali berilgan talabnomaga ularning vakolatlarini tasdiqlovçi hujjatlar ilova qilingan bölişi kerak.
Videokonferentsaloqa orqali kelib tuşgan talabnoma kelib tuşgan paytidan boşlab 1 iş kunidan keçikmay murojaatlar bilan işlaş bölinmasi tomonidan röyxatga olinadi va davlat organi, taşkilotining rahbariga kiritiladi. U talabnomani körib çiqib, videokonferentsaloqa orqali körib çiqiş yoki körib çiqişni rad etiş haqida qaror qabul qiladi. Qabul qilingan qaror, videokonferentsaloqa orqali murojaatni körib çiqiş vaqti va joyi haqida davlat organi, taşkiloti muallifni ogohlantiradi.












