«Kun.uz» manbasi bergan ma'lumotga ko‘ra, ayni vaqtda viloyat hududida tashrifga tayyorgarlik avjida — yo‘llarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Tashrif ko‘p ehtimol bilan haftaning shanba kunida amalga oshirilishi mumkin.
Prezident tashrif davomida viloyatning cho‘l hududi bo‘lgan Ulug‘nor tumanidagi Shahriston mahallasida «Obod qishloq» dasturi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishi, Andijon tumanida «Zamin Bio Health» jamiyati tomonidan yangi ish boshlagan insulin zavodi, «Milano tekstil» korxonasi, «Andijan Silk Co» O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi, Asaka tumanida tashkil etilgan «Sabo hamkor» jamiyatida tashkil etilgan banan bog‘iga borishi kutilmoqda.
Prezident Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga tashriflari vaqtida har bir viloyatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turli uchrashuvlar o‘tkazib, amalga oshirilishi lozim loyihalar yuzasidan tavsiyalar berib kelmoqda.










