AQŞ prezidenti Donald Tramp tvitterdagi öz sahifasida BMT boş kotibi Antoniu Guterriş bilan uçraşuvi haqida ma'lumot berdi.
«BMT boş kotibi Antoniu Guterriş bilan uçraşdim, u «BMTni yana buyuk qiliş» uçun juda köp işlamoqda. BMT butun dunyo böylab mojarolarga yeçim topiş uçun köp iş qilsa, bu AQŞ kamroq iş qilişi kerakligini anglatadi hamda biz pullarni iqtisod qilyapmiz», - deya yozgan Tramp.
Qayd etilişiça, Tramp va Guterriş «özaro manfaatli bölgan masalalarni» muhokama qilgan. Tomonlar «kelayotgan oylar içida umumiy çaqiriqlar va tahdidlarga yeçim topiş uçun birgalikda işlaşga» kelişib oldi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Meksika Trampni migrantlarni «hayvonlar» deb atamaslikka çaqirgandi.












