Myunxenning «Bavariya» klubi Leverkuzenning «Bayyer» klubining yoş yarim himoyaçisi Leon Beylini qölga kiritmoqçi.
ESPN naşri ma'lumotiga köra, Germaniya çempioni uşbu 20 yoşli yamaykalik transferi uçun 60 mln yevro sarflaşga tayyor.
Ayni paytda uşbu futbolçiga Madridning «Real» klubidan ham jiddiy qiziqiş mavjud.
Qirollik klubi rahbariyati agent Jorjye Mendeş uşbu transfer böyiça iş olib borişni söragan.
Öz navbatida «Bavariya»dagilar Leon Germaniya çempionatida qolişni afzal körişiga işonç bildirişmoqda, ammo myunxenliklar «Bayyer»ni rozi qiliş uçun köproq pul tölaşiga töğri keladi.
Qayd etilişiça, «Bayyer» öz futbolçisini 100 mln yevroga baholagan.
Öyin uslubi tufayli «Yamaykalik Robben» laqabini olgan Beyli joriy mavsumda jamoasining turli turnirlardagi 44 uçraşuvida maydonga tuşdi va 12 gol urdi.
2017 yilda «Bayyer» Beylini Belgiyaning «Genk» klubidan 13,5 million yevroga sotib olgandi.












