Janluiji Buffon 17 yillik umrini o‘tkazgan «Yuventus» klubi bilan xayrlashdi.

A Seriya so‘nggi turida jamoa «Verona»ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Buffon uchun bu bahs «Yuventus» libosidagi 657-o‘yin bo‘ldi.

Klub shunga bag‘ishlab maxsus liboslarni tayyorladi. Uning yengiga UN1CO heshtegi yozilgan edi (unico so‘zi va 1 raqami birikmasi – yagona, noyob degan ma'noni anglatadi).

Darvozabon maydonga o‘g‘illari Luis Tomas va Devid Li bilan maydonga tushdi.

O‘yin boshlanishiga bir necha soniya qolganida, Buffon tribunalarga ta'zim qildi.

Bir soat o‘tgach, Massimiliano Allegri uni almashtirishga qaror qildi. Natijada, muxlislar uni olqishlar bilan kuzatib qolishdi. Buffon hisob 2:0 bo‘lib turganida maydonni tark etdi - bu uning «Yuventus» tarkibidagi 302-quruq o‘yin bo‘ldi.

Darvozabon «Yuve» va «Verona»ning barcha futbolchilari bilan quchoqlashib, xayrlashdi. Maydon chetida klub xodimlari unga maxsus yo‘lak tashkil qilishdi.