Venesuelada 20 may kuni prezident saylovlari bölib ötadi. Mamlakat fuqarolari keyingi 6 yil uçun mamlakat prezidentini tanlaşadi.

Saylovlarda 4 nomzod iştirok etmoqda: amaldagi prezident Nikolas Maduro, muxolifatçi Enri Falkon, muhandis Reynaldo Kixada va sobiq pastor Xaver Bertuççi.

Bu saylovlar şunisi bilan e'tiborliki, mamlakatning eng yirik muxolif uyuşmasi “Demokratik birdamlik davra stoli” saylovlarga öz nomzodini qöymaslikka qaror qildi va fuqarolarni ovoz berişda iştirok etmaslikka çaqirdi. Şunga qaramay, muxolifatçi Falkon saylovlarda iştirok etişga qaror qildi.

Ijtimoiy sörovnomalarning körsatişiça, aynan Maduro va Falkon ğoliblikka asosiy da'vogarlar hisoblanadilar.  

Mamlakatda ovoz beriş huquqiga 20,5 mln kişi ega. Ular uçun butun mamlakat bööylab 14,6 mingta saylov uçastkasi işlaydi. Xavfsizlik esa 300 ming harbiy va politsiyaçi tomonidan ta'minlanadi.