Öğirlikning turi köp. Har qanday holatda ham u pastkaşlik, inson nomiga yaraşmaydigan xunuk iş. Öğri özini öng tomonga uradimi yoki çapga, baribir, topganining barakasi bölmaydi. Qaytanga Allohning ğazabiga uçrab, bir topgani ön bölib, burnidan çiqadi. Bunga hayotiy misollarni köp uçratganmiz.
KUN.UZ tahririyatiga kelib tuşgan maktublardan biri bizni ana şunday keskin va haqiqatga töla sözlarni aytişga majbur qildi. Göyoki, sayt tahririyati tomonidan Telegram messenjerida behayo postlar e'lon qilinayotgan emiş.
Maktub mazmuni quyidagiça:
«KUN.UZ tahririyati. Saytingizning Telegram kanalida juda ham köp nojöya, sifatsiz, ba'zida bema'ni reklama roliklariga közim tuşmoqda. Har-xil tanişuv çatlari, «qizlar kirmasin», «bolalar uçun», degan bema'ni reklamalar borasida öz noroziligimni bildirmoqçiman. Men ikki yildan buyon Telegram kanalingizga a'zoman, ammo şu oxirgi oyda juda ham köplab reklamalarga duç kelmoqdaman. Biron-bir mahsulot reklama qilinsa ham heç narsa demasdim, ammo siz yuqorida keltirib ötgan kanallarni taklif etmoqdasiz. KUN.UZ tahririyati öz Telegram kanallarida nimalarni reklama qilinayotganini bilmaydimi yoki yaxşigina pul tölasa, bölar-bölmas mavzudagi barça narsalar reklama qilinaveradimi? Men şu mavzu bois KUN.UZ tahririyatiga, muxbirlariga öz noroziligimni bildirmoqçiman».

Maktub egasining fikrlariga heç qanday e'tirozimiz yöq, çunki bu öquvçi KUN.UZ nomidan oçilgan soxta kanallarning biriga a'zo bölgan bölib çiqmoqda. U saytimizda va boşqa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda Telegram messenjeridagi haqiqiy kanalimizning körsatib borilayotganidan bexabar körinadi.
Ikkinçidan, öğrining katta-kiçigi, insofli yoki insofsizi bölmaydi, nomi bilan u öğri. Özi bu dunyoda maşhur nomlardan, logolardan foydalangan holda öğrilik qiliş avjiga çiqqan. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda. Maşhur nomdan foydalanib, auditoriya yiğib olgaç, unda bilgan işlarini qilişadi: behayo surat va videolar joylaştirişadi, kimlarnidir haqorat qilişadi va hokazo.
KUN.UZ sayti tomonidan berib borilayotgan tezkor, aniq va xolis xabarlarni, tahliliy material hamda reportajlarni kuzatuvçilar uçun saytning Telegram messenjeridagi rasmiy sahifalari:
Kirill alifbosidagi versiyasi - t.me/kunuzofficial










