Ukraina mamlakat milliy manfaatlariga töğri kelmaydigan MDH doirasida imzolangan şartnomalardan çiqadi. Prezident Petr Poroşenko siyosiy repressiyalar qurbonlari xotirasiga bağişlangan tadbirlar vaqtida şunday bayonot berdi, deyiladi Ukraina prezidentining rasmiy saytida.

"Ukraina MDHni imperiyadan madaniyatli ajraliş jihozi sifatida körgan. Rossiyaning aybi bilan madaniyatli ajralişning uddasidan çiqilmadi. Moskva hamdöstlikni eski ittifoq  davridagidek yangilangan imperiyaga aylantirişga harakat qildi", - dedi Poroşenko.

"Endi esa Ukraina MDH doirasida tuzilgan barça xalqaro şartnomalarni diqqat bilan qayta körib çiqadi va milliy manfaatlarga oz bölsa-da töğri kelmaydiganlaridan çiqadi", - ta'kidladi u.

Şuningdek Poroşenko özining tarixiy missiyasiga doir tuşunçasi bilan örtoqlaşdi: "Ukrainani Rossiya imperiyasi tomon yetaklovçi halokatli xavfli zonadan olib çiqiş".