20 may kuni Farğona viloyatining Oltiariq tumanida jiddiy yöl-transport hodisasi sodir böldi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilişiça, Bağdod tumanida yaşagan I.S. özining “Damas” rusumli avtomaşinasini Poloson qişloği markazida haydab ketayotib qarama qarşi yönalişda kelayotgan I.A. boşqaruvidagi “GAZ-3507” rusumli avtomaşinasi bilan töqnaşuv sodir etgan. 

Natijada “Damas” avtomaşinasi haydovçisi I.S. jarohat olib kasalxonaga keltirilganida vafot etgan va ikki nafar yölovçi turli darajadagi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq “Toşkent-Öş” yölida mudhiş YTH yuz bergani, ayol va uning uç yoşli öğli halok bölgani xabar qilingandi.