Toshkent viloyatining Angren shahrida 19 may kuni Surxondaryo viloyati Angor tumanida yashovchi, O‘.O. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasini “Toshkent-O‘sh” yo‘lining 174-km.da haydab ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalar, Angren shahrida yashagan (ayol) M.I. va uch yoshli o‘g‘li A.B.ni urib yuborgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Natijada M.I. va A.B. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan hamda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etganlar.