AQŞ Eronga misli körilmagan moliyaviy bosim ötkazadi. Bu uşbu davlatda yadro quroli hamda uni yetkaziş vositalari paydo bölmasligi uçun qilinadi, deb ma'lumot berdi AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo.

"Biz Eron rejimiga misli körilmagan moliyaviy bosim ötkazamiz. Eron yetakçilarida bizning maqsad jiddiy ekani borasida heç qanday şubha bölmaydi", - deya ma'lum qilgan Pompeo Vaşingtondagi Heritage Foundation’da çiqiş qilib.

Uning eslatişiça, AQŞning xalqaro hamjamiyat va Eron örtasidagi “yadroviy bitim”dan çiqqanidan söng, eski sanksiyalar tiklanadi va yangilari joriy etiladi.

Şuningdek, Mayk Pompeoning ma'lum qilişiça, AQŞ Erondan Suriyadagi barça kuçlarni olib çiqib ketişni talab etmoqda.

"Eron Suriyaning butun hududidan öz qömondonligi ostidagi barça kuçlarni olib çiqib ketişi kerak", - deya aytib ötgan Pompeo.

Eslatib ötamiz, avvalroq Eron yadroviy bitimga rioya etiş şartini ma'lum qilgandi.