Yevropa investitsiya banki (YeIB) Özbekistonga 500 million yevro miqdorida kreditlar ajratişni rejalaştirmoqda, deb xabar berişdi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasidan.
Duşanba kuni Yevropa investitsiya banki vitse-prezidenti Vasil Xudak Özbekiston hukumatida bankning birinçi kreditlari ajratilişini muhokama qildi.
Hamkorlikning ustuvor yönalişlaridan biri – energiyatejamkorlik va suv xöjaligi sohasidagi boşqaruv loyihalari. Uşbu loyihalarning har biriga YeIBdan taxminan 100 million yevro miqdorida mablağ ajratiladi, deya ma'lum qildi vitse-prezident.
«Biz Özbekistonda loyihalarni rivojlantiriş uçun qariyb 500 million yevro ajratişga tayyormiz. Moliyalaştiriş moliyaviy resurslarning yetarli darajada moslaşuvçanligini ta'minlaydigan hadli kreditlari orqali amalga oşiriladi, keyinçalik uşbu kreditlar muayyan sub'yektlar, kompaniyalar, korxonalar va munitsipalitetlar hamda nodavlat muassasalar örtasida taqsimlanadi. Bugungi kunda taxminan 300-400 mln yevroga teng loyihalar böyiça bir qarorga keldik», - dedi Xudak.
Uning sözlariga köra, Farğona vodiysi hududida loyihalarni moliyalaştiriş imkoniyatlari muhokama qilinyapti. YeIB bilan hamkorlik asosan infratuzilmani rivojlantiriş, uşbu mintaqaning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlaş, şuningdek, munitsipal sektorni taşkil etişda iştirok etiş imkoniyatlari, masalan, Özbekiston şaharlarida isitiş tizimlarini rivojlantirişdagi iştirokiga qaratiladi.
Yevropa investitsiya banki va Özbekiston 2017 yil oktabr oyida mamlakatda bank faoliyatining huquqiy asoslarini belgilovçi hadli bitimni imzolagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev oktabrda Bryusselga taşrif buyurişi xabar qilingandi.

















