Qişloqlarni obodonlaştiriş va zamon talablariga mos yaşaş şaroitlarini bu yerlarda istiqomat qilayotgan aholiga ham taqdim etiş maqsadida Özbekistonda keng qamrovli “Obod qişloq” davlat dasturi amalga oşirilmoqda. KUN.UZ sayti muxbirlari Surxondaryo viloyatidan tuşgan murojaatlarni örganiş davomida Oltinsoy tumanida ham bölib, uşbu dastur doirasida obodonlaştirilayotgan “Şakarqamiş” qişloğida ham böldi va qayta quriş işlari qanday amalga oşirilayotgani bilan tanişdi. 

Biz Oltinsoy tumaniga quyoş botişiga yaqin kirib borganimiz tufayli olib borilayotgan işlar bilan töla tanişiş imkoni bölmadi. Biroq Oltinsoy hokimi Erkin Boyniyozov “Obod qişloq” dasturi böyiça “Şakarqamiş” qişloğida taşkil etilgan ştabda majlis ötkazayotganiga guvoh böldik. Unda mazkur qişloqni obodonlaştiriş işlari qay darajada olib borilayotgani muhokama qilinib, topşiriqlar berildi.

Foto: tuman boş arxitektori Oqböta Yangiboyev/Kun.uz

Şundan söng, tuman boş arxitektori Oqböta Yangiboyev bilan uçraşib, “Şakarqamiş” qişloğida quriliş-obodonlaştiriş işlari qanday borayotgani bilan qiziqdik.

Uning aytişiça, qişloq yöllari kengaytirilmoqda, ayrim fuqarolarning piyodalar yölakçasiga çiqib ketgan uylari yoki yordamçi binolari buzilib, içkariroqqa köçirilmoqda. 

“Bu 4R100 yöli bölib, eni 30 metrni taşkil etadi. Aholining ayrimlarining uylari köça tomonga çiqib kelgani uçun devorlari buzilib, içkariroqdan quriladi. Uylar atrofi mana bunday namunadagidek öraladi. Piyodalar yölakçasi alohida böladi. Mahallaning 17ta köçasining barçasi xuddi şunday körinişga keltiriladi. Bu işlarning bari “Obod qişloq” dasturi asosida bajariladi”, - dedi tuman boş arxitektori. 

U, şuningdek bu yerda barpo etiladigan ijtimoiy infratuzilmalarga ham oydinlik kiritdi. 

“Mustaqillik bayramigaça barça işlarni tugallaşni rejalaştirganmiz. 5400 kişi istiqomat qiladigan qişloqdagi maktab rekonstruksiya qilinadi, bitta nodavlat maktabgaça ta'lim muassasasi qurib, foydalanişga topşiriladi. Oilaviy poliklinika ta'mirlanadi.