Saudiya Arabistoni taxti vorisi, şahzoda Muhammad ibn Salmon mamlakatda futbolning rivojiga hissa qöşişga jazm qildi, deb xabar beradi Arab News.

U Saudiya Arabistoni çempionatidagi barça klublarning xorijiy futbolçilar oldidagi qarzlari, şuningdek, federatsiyaning terma jamoa futbolçilari oldidagi barça qarzlarini tölab berişga qaror qilgan.

Bundan taşqari, içki çempionat öyinlarida işlagan xorijiy hakamlar oldidagi qarzlar ham şahzoda mablağlari hisobiga töliq uziladi.

Hisob-kitoblarga köra, beğaraz yordam miqdori 340 million dollarni taşkil qiladi.