Prezident Şavkat Mirziyoyev bu yil Bryusselga taşrif buyurişni rejalaştirmoqda.

Duşanba kuni Yevropa investitsiya banki vitse-prezidenti Vasil Xudak Özbekiston hukumatida bankning respublikadagi loyihalar uçun dastlabki kreditlarini ajratiş masalasini muhokama qildi.

«Uşbu loyihalarni amalga oşiriş böyiça kelişuvlar prezident Şavkat Mirziyoyevning joriy yil oktabr oyida Bryusselga amalga oşiriladigan taşrifi çoğida imzolanişi kutilmoqda», - deya ta'kidlab ötgan Vasil Xudak.
 
Xudakning sözlariga köra, tomonlar uşbu loyihalarning aniq jihatlari böyiça bir qarorga kelgan.
 
Özbekiston hukumati Yevropa investitsiya banki bilan hamkorlikni Özbekiston iqtisodiyotiga Yevropa investitsiyalari va texnologiyalarini jalb etiş uçun qöşimça imkoniyat deb biladi.

Eslatib ötamiz, Yevropa investitsiya banki va Özbekiston 2017 yil oktabr oyida mamlakatda bank faoliyatining huquqiy asoslarini belgilovçi hadli bitimni imzolagan.