Taqsimlangan reyestr (blokçeyn) texnologiyalar böyiça vakolatli markaz kriptovalyutalar bilan şuğullanmaydi. Bu haqda Mirzo Ulugbek Innovation Center (MUIC) boş direktori Farhod Ibragimov ma'lum qildi.
Joriy yilning fevral oyida prezident Şavkat Mirziyoyev MUIC qoşida Taqsimlangan reyestr texnologiyalar böyiça vakolatli markaz taşkil etilişini ma'qulladi. Köplab ommaviy axborot vositalari buni blokçeyn texnologiyasi asosida işlovçi kriptovalyutalarni legallaştirişga qaratilgan signal sifatida qabul qildi.
«Bunday emas, bunga işonmang», - deya ma'lum qildi Ibragimov Toşkentdagi Inha universitetida bölib ötgan konferensiyada.
Markazning asosiy vazifalari – blokçeyn texnologiyasini tarqatiş uçun şaroitlarni yaratiş va mahalliy işlab çiquvçilarni qöllab-quvvatlaş.
«Bu meni markazimiz haqidagi navbatdagi afsonaga olib kelmoqda. Rasmiy ravişda şuni xabar qilmoqçimanki, biz kriptovalyutalarni rivojlantiriş bilan şuğullanmaymiz», - deya ta'kidlab ötdi Ibragimov.
Markaziy bank qarşi
Özbekiston Markaziy banki kriptovalyutalar böyiça bir neça marotaba izoh berib, ularni terrorizmni moliyalaştiriş uçun vosita deb atagan. Idora fikriga köra, «kriptovalyutadan anonim foydalaniş tufayli mablağlarning noqonuniy aylanişi va firibgarlik holatlari ortadi, bu esa, öz navbatida, bir qator mamlakatlarda yaşirin iqtisodiyotni rivojlantirişga xizmat qiladi».
Markaziy bank bayonotlaridan birida ta'kidlanişiça, mamlakat qonunçiligiga ularning iştirokidagi qandaydir amaliyotlarni kiritiş rejalaştirmagan. Kişilarga ulardan umuman foydalanmaslik tavsiya etiladi.
Şu bilan birga, idora bayonotlarida çeklov çoralari haqida bironta söz yöq. Özbekistonda kriptovalyuta maqomi aniqlanmaganligi sababli, ularni işlatişga yöl qöyilmaydi, ammo bu taqiqlangan ham emas.
Istalgan şaxs valyutani öz xohişiga köra sotişi va tasarruf qilişi mumkin. Ammo, uni mamlakat içkarisida sarflaş ehtimoli yöq, çunki u rasmiy maqomga ega emas va tölov vositasi hisoblanmaydi.













