Ötgan dam oliş kunlari Rosselxoznadzorning Novosibirsk oblasti böyiça boşqarmasi inspektorlari tomonidan «Karasuk» fitosanitar nazorat postida umumiy oğirligi 170 tonnadan ortiq bölgan, karantin ostidagi 10ta partiya mahsulot olib qöyildi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar bergan.

Yuqori fitosanitar xatarga ega mahsulotlar partiyasi Qozoğiston Respublikasi, Qirğiziston va Özbekistondan Novosibirsk, Novokuznetsk hamda Krasnoyarsk bozorlarida sotiş uçun avtomobil transportida olib kelinayotgan bölgan.

Karantin fitosanitar nazorati amalga oşirilganda, Qozoğistonning 44 tonna piyoz, 40 tonna örik va 14 tonna bodring, şuningdek, Qirğizistonning 21,6 tonna piyoz va 19,8 tonna lavlagi mahsuloti markirovkalar qisman yöq holda olib ötilayotgani aniqlangan.

Bundan taşqari, Özbekistonda yetiştirilgan 23 tonna gilos va 17 tonna örik yuklar markirovkasida körsatilgan ma'lumotning fitosanitar hujjatdagi ma'lumot bilan nomutanosib holda olib ötilayotgan bölgan.

Karantin qonunçiligi talablariga muvofiq, yuqori darajadagi fitosanitar xatarga ega barça mahsulotlarni Rossiya Federatsiyasi hududiga olib kiriş taqiqlangan.

Barça yuklar Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekistondagi jönatuvçilarga qaytarildi hamda aybdor şaxslar Rossiya Federatsiyasining Ma'muriy huquqbuzarliklar böyiça kodeksiga muvofiq ma'muriy javobgarlikka tortildi.