Qirğizistonlik faollar sobiq prezident Almazbek Atamboyevni korrupsiyada va mamlakat qarzining ikki barobar köpayişida ayblaşmoqda. Ularning fikriça, boş prokuratura Atamboyevga nisbatan jinoiy iş qözğatişi lozim. Bu haqda matbuot anjumanda faollardan biri Taalaybek Jumadilov aytib ötdi.

Foto IA «24.kg»

Uning aytişiça, boş prokuratura “Korrupsiya” moddasi böyiça Atamboyevga nisbatan iş qözğaşga töliq huquqqa ega. 

“U hokimiyat tepasida bölgan vaqtda taşqi qarz ikki barobarga oşgan. Biz davlatimizni boy bermoqdamiz. Agar çoralar körilmasa, unda istiqbolda davlatçiligimizni yöqotamiz”, deb aytgan Jumadilov.

Matbuot anjumanning yana bir iştirokçisi Abdumalik Mirzayevning aytişiça, “Qirğizistonda eng korrupsiyalaşgan davlat qurilgan. Qirğizistonning amaldagi prezidenti  Sooronbay Jeenbekov aytilgan faktlarga e'tibor qaratib, tegişli çoralar körişi lozim”.