​2018/19 öquv yilidan boşlab oliy ta'lim tizimida maxsus sirtqi bölim talabalari uçun darslar masofadan turib onlayn tarzda öqitiladi. Bu haqda Ta'lim muassasalarida elektron ta'limni joriy etiş markazi axborot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi. 

Endilikda joriy etilgan onlayn öqitiş platformasi yordamida sirtqi ta'lim talabalari,  masofadan turib, öz iş joyidan ajralmagan holda ta'lim oliş imkoniyatiga ega böladi. 

«​Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi «Oliy ta'lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va keçki (smenali) ta'limni taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş haqida»gi 930-son qarorida sirtqi va keçki ta'lim talabalari uçun masofadan turib ta'lim beriş belgilangan. Joriy etilgan onlayn öqitiş kurs platformasi mazkur qarorni amaliyotga tatbiq qilişda katta ahamiyatga ega»​, deydi markaz vakili.

Ma'lum qilinişiça, bugungi kunda maxsus sirtqi ta'limning 144 ta darsligi tayanç oliy ta'lim muassasasi bilan birgalikda masofaviy öqitiş formati asosida işlab çiqiş yölga qöyildi. Masofaviy ta'limni amalga oşirişning navbatdagi bosqiçida oliy ta'limning sirtqi va keçki ta'lim uçun masofaviy öqitişni yölga qöyiş rejalaştirilgan. Sirtqi va keçki ta'lim darsliklari ham bosqiçma-bosqiç onlayn öqitiş tizimiga ötkazilib boriladi.

Markaz vakilining ta'kidlaşiça, onlayn öqitiş kursini taşkil qiliş uçun möljallangan platformada barça zaruriy elementlar yaratilgan. Xususan, ma'ruza, videodars, test, topşiriq, çat, forum, sörovnoma, glossariy, teskari aloqa va vebinar şular jumlasidandir. Şuningdek, foydalanuvçilarga qulaylik yaratiş maqsadida platformani ijtimoiy tarmoqlar bilan integratsiyasi amalga oşirildi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustda «​Oliy ta'lim muassasalarida pedagogika yönalişida maxsus sirtqi bölimlarni taşkil etiş töğrisida»​gi  PQ-3183 sonli Qarori asosida 15 ta oliy öquv yurtida 8 ta yönaliş böyiça maxsus sirtqi bölimlar taşkil etilgandi.