Şimoliy Koreya hukumati «Pungeri» yadroviy poligonining yopilişida iştirok etuvçi janubiy koreyalik jurnalistlar röyxatini tasdiqladi. Bu haqda «Ryonxap» xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, KXDR bunga qadar Janubiy Koreyadan bölgan jurnalistlar röyxatini bir neça marta rad etdi.
Bundan avval bortida xorijiy jurnalistlar bölgan samolyot Şimoliy Koreyaning Vonsan şahri yaqinida joylaşgan Kalma aeroportiga qöngani haqida xabarlar tarqaldi. Şu bilan birga, matbuot vakillari «Pungeri» poligoniga bugun, 23 may kuni boradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq KXDR va AQŞ yetakçilari sammitining ötkaziliş ehtimoli 99,9 foizga baholangandi.













