Tesla kompaniyasi asosçisi Ilon Mask Model 3 xususiyatlarini yaxşilaşga va'da berdi, bu elektrokarning tormoz oliş yöli böyiça salbiy fikrlar sabab amalga oşadi, deb yozmoqda The Verge.

Portal ma'lumotlariga köra, Consumer Reports jurnali ekspertlari Tesla Model 3 test-drayvidan söng, ular elektromobilni tormoz oliş tizimidagi muammolar sababli sotib olişga tavsiya eta olişmasligini ma'lum qilişgan.

Ta'kidlanişiça, yangi Tesla’ning tormoz oliş yöli soatiga 97 kilometr tezlikda 46 metrni taşkil etadi. Ekspertlarning sözlariga köra, bu körsatkiçlar şunday narx toifasidagi boşqa avtomobillardan ança yomondir.

Şu bilan birga, Mask retsenziya e'lon qilingaç, kompaniya elektrokardagi bu muammoni dasturiy ta'minotni yangilaş yordamida hal qilişi mumkinligini ma'lum qildi.

Şuningdek, Tesla asosçisi ekspertlarni elektromobilni yana bir bor testdan ötkazişga çaqirgan. Maskning fikriça, portal jurnalistlariga elektrokarning eng birinçi versiyalaridan biri tuşib qolgan. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Ilon Mask The Boring Company tomonidan qurilgan tunnel böylab safar qiliş qançaga tuşişini aytgandi.