Özbekistonda uyali aloqa xizmatlaridan foydalanuvçilar soni 23 millionga yaqin bölsa, internet xizmatlaridan foydalanuvçilar soni 20 milliondan ziyodni taşkil etadi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi rahbari Azim Ahmadxöjayev MiTS ROAD MAP 2018 tadbiri doirasida şunday bayonot berdi.
Uning sözlariga köra, vazirlik va idoralar 350 turdagi davlat xizmatlarini körsatib kelmoqda. "Şunday bölsa-da, barça foydalanuvçilardan kelib tuşayotgan savollarning aksariyat qismi aynan internet, uning tezligi va bahosi bilan boğliq. Şubhasiz, uning jahon tendensiyalariga nomuvofiqligi - mamlakatning raqamli transformatsiyasi uçun tösqinlik qiladi", - deydi u.
Vazirning ta'kidlaşiça, ötgan yilning may oyida internet taşqi kanalining ötkazuvçanlik xususiyati soniyasiga 65 Gbit'ni taşkil qilgan, bugunga kelib esa bu körsatkiç 160 Gbit'ga yetkazilgan. Yaqin kelajakda esa xalqaro tarmoqlarimizning ötkazuvçanlik xususiyatini 10 baravarga oşiriş rejalaştirilgan. Bu esa Özbekistonda yaşovçi abonentlar foydalanuvçi internet tezligini oşiriş imkonini beradi.












