Amerikaning Apple kompaniyasi Forbes jurnali versiyasiga köra 2018 yilning eng qimmatbaho brendlari röyxatini boşqarmoqda, uning tarxi 182,8 milliard dollarga baholangan, deb yozmoqda jurnal.
Apple’dan taşqari yetakçilar beşligiga texnologik sektor kompaniyalari Google, Microsoft, Facebook va Amazon kiritilgan.
Forbes öz hisob-kitoblarini kompaniyalarning sönggi uç yildagi tuşumlariga qarab amalga oşirgan. Şundan söng uşbu tuşumdan «har bir brend öz sanoatida qanday rol öynaşi» (masalan, haşamat mollari va içimliklar sektorida faoliyat körsatuvçi kompaniya mahsulotlariga yuqori narxlar, aviataşuvlar va neft sektoridagilarga past narxlar) ga asoslanib foiz çiqargan. Tuşumdan narx koeffitsiyenti brendning qimmatliliga yakuniy indeksini hosil qiliş uçun tuşum hajmiga bölingan.
Şunday qilib, Apple brendining narxi ötgan yilga nisbatan 8 foizga ösgan. Google brendi 132,1 milliard dollarga baholangan yil ifodasida 30 foizga oşgan. Microsoft brendining qiymati — 104,8 milliard dollaro, Facebook’niki — 94,8 milliard dollar etib belgilangan.
70,9 milliard dollarga baholangan Amazon brendi ilk marta bu reytingda Coca-Cola’dan (57,3 milliard dollar) özgan. Bu holatda Netflix va PayPal reytingda sakraşga erişgan bölsa, ularning brend qiymati mos ravişda 35 va 33 foizga oşgan (55- va 98-örinlar).
Reytingning top-100ligidan faqat AQŞda faoliyat olib boruvçi brendlar örin olgan. Forbes xitoyliklarning Alibaba va Tencent kabi brendlarini hisobga olmagan. Natijada reytingdan AQŞning 54 kompaniyasi, Germaniyaning — 12, Fransiya va Yaponiyaning 7 tadan kompaniyasi örin olgan.











