Yangiyöl şahri çekkasida joylaşgan “Turon G’isht Kapital” MÇJ 2013 yil noyabr oyida taşkil etilgan. Şundan buyon u respublika iqtisodiyoti rivojiga imkon qadar hissa qöşib, quriliş obektlariga şartnoma asosida pişiq ğişt yetkazib beriş bilan şuğullanib kelar edi. Biroq Yangiyöl şahri taşkil etilişi munosabati bilan şahar hududidan pişiq ğişt zavodlarini köçiriş böyiça davlat rahbari tomonidan berilgan topşiriqlarning ijrosini ta'minlaşdagi amaliyotlar hokimlik va tadbirkor örtasida tuşunmovçilikka sabab bölmoqda.
Biz masalaning mohiyatini anglaş maqsadida Yangiyöl şahriga borib, dastavval MÇJ rahbariyati bilan uçraşdik.
“Bugungi kunda iş faoliyatimiz aholiga va tadbirkorlik sub'yektlariga pişiq ğişt yetkazib berişdan iborat. Biz “Qişloqqurilişinvest”, “Şaharinvest”lar bilan uzluksiz muloqotda bölib, şartnomalar tuzib, 4-5 yildan buyon hamkorlikda faoliyat körsatib kelamiz. Uşbu taşkilotlarning quriliş obektlariga imtiyozli narxlarda pişiq ğişt yetkazib berayotgandik”, - deydi MÇJ rahbari Dilşod Aşrapov.

Uning sözlariga köra, davlat rahbari Şavkat Mirziyoyevning 2018 yil yanvar oyidagi Toşkent viloyatiga taşrifi çoğida ötkazilgan Xalq deputatlari Toşkent viloyati kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida Yangiyöl şahrida joylaşgan jami 5 ta ğişt zavodi şahar hududidan çiqarilişi ta'kidlangan. Şahar hokimligi va boşqa vakolatli taşkilotlar yuqoridagi sababni vaj qilib, biror bir rasmiy hujjatsiz joriy yilning fevral oyidan ğişt zavodini gaz tarmoğidan uzib qöyişgan.
“Şu munosabat bilan biz tabiiy gaz tarmoğidan uzib qöyildik. Aslida, kuz-qiş mavsumida ham tabiiy gazdan foydalaniş va pişiq ğişt işlab çiqariş uçun ruxsat olgan edik. 2017 yil noyabr-2018 yil yanvar oylarida işladik. Biz kam ta'minlangan oilalarga köp qavatli arzon uylar, harbiylar uçun uylar, maktabgaça ta'lim muassasalarini quriş uçun ğişt yetkazib berayotgan edik. Gaz tarmoğidan uzilganidan söng, iş faoliyatimiz töxtab, 100ga yaqin işçi-xodimlarni işdan böşatişga majbur bölyapmiz”, - deya vujudga kelgan vaziyatga oydinlik kiritdi MÇJ rahbari.

Qolaversa, MÇJ turli taşkilotlar bilan 10ga yaqin şartnoma va bitimlar imzolagan. Ularga bir neça milliard sömlik pişiq ğişt yetkazib beriş kerak. Kredit böyiça tölovlarning ham vaqti-soati yaqinlaşmoqda.

























